Xalqaro Sog‘liqni Saqlash Tadqiqotlari Kongressi

19-21 Iyun 2025

Andijon - Oʻzbekiston

Fan, Texnologiya va Inson Salomatligi

Hurmatli Ilmiy Xodimlar, Tadqiqotchilar va Amaliyotchilar

Xalqaro Sog‘liqni Saqlash Tadqiqotlari Kongressi 2025-yil 19-21 iyun kunlari O‘zbekistonning Qo‘qon Universiteti Andijon Filiali mezbonligida bo‘lib o‘tadi.

Kongress an’anaviy va onlayn formatda o‘tkaziladi.

Kongressning asosiy mavzusi “Fan, Texnologiya va Inson Salomatligi” bo‘lib, 11 ta kichik mavzudan iborat va barcha ilmiy yo‘nalishlarga ochiqdir:

  • Sog‘liqni saqlashda ilmiy innovatsiyalar
  • Raqamli sog‘liq texnologiyalari
  • Sog‘liqni saqlash boshqaruvi
  • Inson salomatligida yangi nuqtai nazarlar
  • Jamoat salomatligi va profilaktika strategiyalari
  • Psixologik salomatlik va farovonlik
  • Ekologik salomatlik va barqarorlik
  • Innovatsiya va sog‘liqni saqlashda tadbirkorlik
  • Sog‘liqni saqlashda ta’lim va inson resurslari
  • Sog‘liqni saqlash tizimlarida global hamkorlik
  • Sog‘liqni saqlash siyosati

Tadbirimizni Web of Science (WoS) platformasiga kiritish maqsad qilingan bo‘lib, bu yo‘nalishda barcha jarayonlar katta e’tibor bilan amalga oshirilmoqda. Barcha ishlar WoS talablari asosida olib boriladi va ushbu platformaga ariza topshiriladi.

To‘liq matnli kitobdan tashqari, SCOPUS, TRDizin va xalqaro jurnallarda maqolalarni chop etish imkoniyati mavjud.

Shuningdek, ijtimoiy fanlar va muhandislik sohalarida SCOPUS tomonidan indekslangan ikki jurnal kongressimiz uchun maxsus son chiqaradi.

Kongressning rasmiy tillari o‘zbek, turk va ingliz tillari hisoblanadi.

Barcha tezislar 250–500 so‘zdan iborat bo‘lishi kerak va barcha tezislar ma’ruza tezislar to‘plamida chop etiladi.

Sizni ushbu nufuzli ilmiy tadbirga taklif etishdan mamnunmiz!

Kongressning Faxriy Raisi

Quvvatov Jur'atbek Dilshodbekovich

Qo‘qon Universiteti Andijon Filiali Direktori

Raislar

Prof. Dr. Ufuk Karadavut

Karabük Universiteti

Dotsent Dr. Tuychiyev Golibjon Urmonjonovich

Qo‘qon Universiteti Andijon Filiali

Kongress Kotibi

Xoshimjonov Sharofiddin Kozimjon o‘g‘li

Qo‘qon Universiteti Andijon Filiali

Kongress Afişasi

Homiylar va Hamkor Tashkilotlar

Ushbu konferensiyaning ilmiy ekspertiza jarayonini boshqarish uchun Microsoft CMT xizmati ishlatildi. Ushbu xizmat Microsoft tomonidan bepul taqdim etildi va ular barcha xarajatlarni, jumladan, Azure bulut xizmatlari, dasturiy ta’minot ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini qopladilar.

Kongressimiz boshlanishiga qolgan vaqt

Scroll to Top